Alisher Nuriddinov
Volunteer in Uzbekistan
Alisher Nuriddinov
Volunteer in Uzbekistan
Salom, men Alisher Nuriddinov, 2007-yil 16-iyulda Farg‘ona shahrida tug‘ilganman. Kripto dunyosiga qiziqishim Notcoin yig‘ishdan boshlangan. Bu sohada har xil Telegram loyihalarida ishtirok etib, ko‘p narsalarni o‘rgandim. O‘shandan beri kripto va Ton ekotizimi bilan bog‘liq barcha ishlar menga juda qiziqarli bo‘lib qoldi.
Hayotimda eng birinchi katta qadamimni 16 yoshimda, 10-sinfda o‘qiyotganimda qo‘ydim. Notcoin bilan shug‘ullanib, 1500 dollar topdim, bu esa men uchun katta bir yutuq bo‘lgan. O‘sha vaqtda, moliyaviy mustaqillikka qadam qo‘yganimni his qildim.
Kiyimlarimga bo‘lgan qiziqishim ham bor. Modern klassik uslubdagi kiyimlarni yaxshi ko‘raman, eng sevimli rangim esa moviy dengiz rangi, bu rang menga tinchlik va orom beradi. Jigarrangni ham yoqtiraman, buni kiyimlarimda ko‘proq ishlataman.
Mashinalarga alohida e'tiborim bor. BMW, ayniqsa, M5 F90, orzularimdagi mashina. Shuningdek, Nissan GT-R R34, Bugatti va Rolls-Royce Phantom ham sevimli mashinalarim ro‘yxatida.
Meni ko‘p vaqtimni o‘zimni rivojlantirishga, yangi loyihalarda qatnashishga, kripto sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishga sarflayman. Memlar orasida esa Patrick Bateman va Phantomni yaxshi ko‘raman.
Kelajakda katta orzularim bor, ularga erishish uchun har doim intilaman. Buning uchun ko‘p ishlash, o‘zgarishlarga ochiq bo‘lish kerakligini tushunaman va bunga har doim tayyorman